O'zbekistonning barcha viloyatlariga uydan uygacha taksi toping. Narxni o'zingiz belgilang, xavfsiz va ishonchli haydovchilar bilan manzilga yetib oling. Bizga hech qanday to'lov qilmaysiz!
Qattiq belgilangan tariflar yo'q. Imkoniyatingizga mos narxni taklif qiling va kelishing.
Sizga taklif yuborgan haydovchilar orasidan avtomobil rusumi va qulayligiga qarab tanlang.
Bekatga borish shart emas. Haydovchi sizni uyingizdan olib, aytgan manzilingizga eltib qo'yadi.
Butun jarayon sizning nazoratingiz ostida. Eng qulayi shuki — qachonki siz "Shu haydovchi ma'qul" demaguningizcha qidiruv davom etaveradi.
Veb-sayt yoki bot orqali qayerdan qayerga borishni, sanani va qancha yo'lovchi borligini kiritasiz. O'z narxingizni ham yozishingiz mumkin.
Tizim darhol arizangizni mos yo'nalishdagi haydovchilarga uzatadi. Ular sizga o'z mashinalari va narx takliflarini jo'natishni boshlaydi.
Takliflar ichidan sizga eng ma'qulini (narxi va mashinasiga qarab) tanlaysiz. Agar birinchi taklif yoqmasa, boshqalarini kutishda davom etasiz.
Kelishuv tasdiqlangach, haydovchi sizni belgilangan vaqtda olib ketadi. Safar tugagach, to'lovni faqat haydovchini o'ziga to'laysiz. Bizga hech narsa to'lamaysiz.
Yo'ldaTaxi platformasi an'anaviy taksi va bekatlardagi muammolarni hal qilish uchun yaratilgan.
Pytaklarda taksi to'lishini soatlab kutish yo'q. Uydan turib buyurtma qilasiz.
Boshqa viloyatdagi yaqinlaringizga xavfsiz holatda posilka va hujjatlar jo'nating.
Barcha haydovchilar hujjatlari bizda tekshirilgan. Siz ishonchli qo'llardasiz.
Faqat yaxshi baholangan va muomalali haydovchilar bilan safar qiling.
Eng ko'p beriladigan savollarga to'liq javoblar.
Ha, Yo'lovchilar uchun platforma (veb-sayt va telegram bot) xizmatlari mutlaqo bepul. Biz sizdan vositachilik uchun yoki boshqa har qanday maqsadda hech qanday komissiya yoki to'lov olmaymiz. Siz faqatgina manzilga yetib borgach haydovchi bilan kelishilgan yo'l haqqini to'laysiz xolos.
Sizda har doim tanlov bor! Agar sizga yozgan yoki taklif yuborgan birinchi haydovchining narxi qimmat ko'rinsa, rozi bo'lishga majbur emassiz. Boshqa haydovchilarni taklifini kutishingiz yoki o'zingiz arizada qulay narxingizni kiritib qoldirishingiz mumkin.
Ha, Veb-saytda va Telegram botida "Pochta yuborish" degan alohida bo'lim mavjud. Siz o'sha joydan pochtaning hajmi, og'irligi va manzilni kiritib ariza qoldirasiz. Pochta olishga tayyor haydovchilar siz bilan tezda bog'lanadi.
Tizimga ulanayotgan barcha haydovchilarning haydovchilik guvohnomasi va texnik pasportlari tizim ma'murlari tomonidan tasdiqlanadi. Shuningdek, haydovchilarda qat'iy reyting tizimi mavjud, agar biror haydovchiga nisbatan salbiy shikoyatlar tushsa u tizimdan bloklanadi.